27 oktabr kuni AQŞ IŞID rahnamosi Abu Bakr al-Bağdodiyning ölimi haqida e'lon qildi. «Birinçi raqamli terrorçi» Suriyaning Turkiya bilan çegarasi yaqinida yaşiringandi, maxsus topşiriqli «Delta» otryadi uni yöq qiliş böyiça amaliyot ötkazdi va bu amaliyot muvaffaqiyatli yakunlandi. Quyida mazkur amaliyot tafsilotlari, şuningdek, bu hodisa IŞIDning kelajagiga qanday ta'sir körsatişi haqida söz boradi.

Bağdodiy uçun «ov» ikki yil davom etdi. Uning qayerda joylaşgani haqidagi ma'lumot uning asosiy yordamçilaridan biri - Ismoil al-Itaviy orqali aniqlangan. 

IŞID rahbari puxtalik bilan yaşiringan, tarafdorlari bilan sabzavotlar taşuvçi avtomobilda uçraşib turgan. Avval turkiyaliklar tomonidan qölga olinib, keyin Iroq maxsus xizmatlariga topşirilgan Itaviy Bağdodiy bilan uçraşib turadigan beş nafar şaxs nomini oçiqlagan. 

Töplangan ma'lumotlar MRBga taqdim qilingaç, boşqarma xodimlari sun'iy yöldoş hamda dronlar yordamida mahalliy hududni beş oy davomida örgangan. Bağdodiy bir qişloqdan boşqasiga köçib ötganidan ikki kun ötgaç uni yöq qiliş böyiça maxsus operatsiya boşlangan.

Havo zarbalari va amerikalik harbiylarning quruqlikdagi amaliyoti Suriyaning Turkiya bilan çegarasidan 5 km masofada joylaşgan hududda, turkiyalik harbiylar ötkazgan amaliyotdan keyin kurdlar qölidan ketib rossiyalik harbiy politsiya patrullik qilayotgan hudud yaqinida ötkazildi.

Reyd qanday ötdi?

Vaşingtondagi ştabda olti kişi amaliyotni jonli tarzda kuzatib bordi

AQŞ armiyasining maxsus tayyorgarlikdan ötgan harbiylari bölgan 8ta vertolyot Iroqdagi aviabazadan Vaşington vaqti bilan soat 17:00da parvozga çiqqan. Donald Tramp vitse-prezident Mayk Pens, milliy xavfsizlik masalalari böyiça maslahatçi Robert ÖBrayyen, mudofaa vaziri Mark Esper, Ştab boşliqlari birlaşgan qömitasi rahbari – armiya generali Mark Milli va Birlaşgan qömitaning maxsus operatsiyalar böyiça direktori örinbosari Markus Evans bilan birga kuzatib bordi.

Amaliyotda maxsus topşiriqli «Delta» bölinmasining 1-tezkor guruhi askarlari iştirok etişdi. Trampning sözlariga köra, bu harbiylar avvaldan Iroq hududida joylaştirilgandi.

Aviabazadan Barişa qişloğigaça 1 soatdan ortiq vaqt davomida uçilgan. IŞID rahbari «Al-Qoida» bilan aloqador bölgan «Xurras-ad-Din» guruhi tomonidan nazorat qilinadigan hududda yaşiringandi.