Içki işlar vazirligi ozodlikdan mahrum qiliş turidagi jazoni ijro etiş muassasalarining içki tartib qoidalariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiladi. Tegişli hujjat loyihasi jamoatçilik muhokamasi uçun e'lon qilindi.
IIV ozodlikdan mahrum qiliş turidagi jazoni ijro etiş muassasalarining içki tartib qoidalari 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“2. JIEMlarga quyidagilar kiradi:
jazoni ijro etiş koloniyalari, şu jumladan davolaş huquqi asosidagi koloniyalar;
tarbiya koloniyalari;
turmalar;
mahkumlar uçun ixtisoslaşgan kasalxonalar.”.
Quyidagi mazmundagi 6-1- band bilan töldiriladi:
“6-1. Mahkumlar uçun ixtisoslaşgan kasalxonalar bemor mahkumlarni saqlaş va ularga malakali tibbiy yordam körsatiş uçun möljallangan.”.
10-bandning (Manzil-koloniyalarga quyidagilar ötkazilmaydi) törtinçi xatboşisi (yuqumli kasalliklarga çalingan bemorlar) quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“yopiq turdagi tibbiyot muassasalarida maxsus davolaniş talab etiladigan yuqumli kasalliklarga çalingan bemorlar;”.
12-band (Manzil-koloniyalarda mahkumlar) quyidagi mazmundagi sakkizinçi xatboşi bilan töldiriladi:
“öz şaxsiy mablağlari hisobiga xarid qilingan oziq-ovqat mahsulotlaridan va yöqlovlardagi mahsulotlardan mustaqil ravişda ovqat tayyorlaşni amalga oşiradi.”.
12-bandning amaldagi tahririga köra, manzil-koloniyalarda mahkumlar:
soqçisiz, ammo nazorat ostida saqlanadilar;
ertalab örindan turişdan keçki yotişgaça bölgan vaqt mobaynida koloniya hududi doirasida erkin yuriş huquqidan foydalanadilar;
agar ular bajarayotgan iş yoki olayotgan ta'lim taqozo etsa, ma'muriyatning ruxsati bilan koloniya hududidan taşqarida nazoratsiz yurişlari mumkin;

















