“Yevropa Ittifoqining 27 davlati uçinçi marta qoldirişni ma'qulladi, ehtimol u oxirgisi böladi. Britaniyalik döstlarim, bu imkoniyatdan unumli foydalaning. Men, şuningdek, siz bilan xayrlaşaman, çunki mening vakolatim yakunlanmoqda”, deb yozgan Tusk tvitterda.  

Ta'kidlanişiça, agar ikki tomon Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan çiqişi böyiça kelişuvni ratifikatsiya qilsa, “Brekzit” jarayoni avvalroq - 2019 yil 1 dekabrda yoki 2020 yil 1 yanvarda ham yuz berişi mumkin.

Yevrokengaş kelişuv matni özgartirilişi mumkinmasligini yana bir marotaba ta'kidlab ötgan.

Dastlab Britaniya Yevropa Ittifoqini joriy yilning 29 martida tark etişi kerak edi. Biroq “Brekzit” şartlari böyiça kelişuv loyihasi britaniyalik deputatlar tomonidan uç marta rad etilgani sababli Yevropa Ittifoqi “Brekzit”ni dastlab aprel yoki mayga, söngra 31 oktyabrga köçirişga rozi bölgan.