Livan boş vaziri Saad Haririy hukumatga qarşi noroziliklar ortidan iste'foga çiqdi. U bu haqda televideniye orqali töğridan-töğri efirda e'lon qildi.
Haririy jonli efirdagi çiqişini yakunlaganidan söng prezident saroyiga borişini va öz qarori haqida şaxsan ma'lum qilişini aytdi.
Saad Haririy Livan «boşi berk köçaga kirib qolgani» va inqirozdan çiqiş uçun «şok terapiyasi» zarurligini aytdi. U barça livanliklarni tinçlikni saqlaşga çaqirgan.
Ikki haftadan buyon mamlakatni ommaviy namoyişlar qamrab olgan. Namoyişçilar Haririy boşçiligidagi hukumat iste'fosini, şuningdek korrupsiyaga qarşi haqiqatan kuraş olib borişni, kommunal xizmatlarni yaxşilaşni va Livan siyosiz tizimini yaxşilaşni talab qilişmoqda.
Avvaliga stixiyali tarzda boşlangan aksiyalar köp ötmay butun mamlakatga yoyildi. Namoyişlarda 2 mlnga yaqin kişi qatnaşmoqda.
Barçasi 17 oktabr kuni hukumatning yangi soliq siyosatiga qarşi norozilik sifatida boşlangandi, öşanda hukumat davlat qarzlarini kamaytiriş maqsadida WhatsApp va boşqa messenjerlardan foydalanganlik uçun oyiga 6 dollar tölaş böyiça soliq joriy etgandi. Norozilik aksiyalarining birinçi kunidayoq hukumat uşbu qarorni bekor qilgandi, ammo namoyişlarni töxtatib bölmay qoldi.
Livanda ommaviy namoyişlar. Barçasi WhatsApp uçun soliqdan boşlandiMa'lumot uçun Livan - dunyodagi davlat qarzlari eng köp davlatlardan biri hisoblanadi.
Namoyişlar tufayli 10 kundan buyon banklar işlamayapti. Şuningdek, köplab kompaniyalar, maktablar va universitetlar yopib qöyilgan.

«Hizbulloh» va boşqa harakatlar namoyişlarga qarşi çiqqan, radikal kuçlar namoyişçilarga hujumlar uyuştirmoqda.
Seşanba kuni «Hizbulloh» va şialarning «Amal» harakati a'zolari Bayrut markazida tiklangan namoyişçilar lageriga hujum qilib, palatkalarga öt qöydi va namoyişçilarni kaltakladi. Ular şuningdek, namoyişçilar tomonidan qurilgan barrikadalarni buzib taşlaşdi.
Politsiya va harbiylar közdan yoş oqizuvçi gaz qöllagan holda tomonlarni ajratib qöydi.

















