Islomobod oliy sudi davolanişi zarur bölgan Pokiston sobiq boş vaziri Navoz Şarifga nisbatan çiqarilgan hukm ijrosini sakkiz haftaga töxtatdi. U korrupsiyada ayblanib yetti yilga ozodlikdan mahrum qilingandi.
Şarif ötgan haftada garov evaziga qamoqxonadan çiqarilgandi.
Siyosatçida yurak xuruji yuz bergan. 25 oktyabrda Loxur sudi uni 2 mln rupiy ($25000) evaziga ozod qilgan va mamlakatda yoki xorijda davolanişiga ruxsat bergandi.
Navoz Şarif tört marta Pokiston boş vaziri lavozimini egallagan. U 2017 yilda Pokiston oliy sudi tomonidan lavozimidan çetlaştirilgan.













