“Nikolay Patruşev 30 oktyabrda Duşanbeda va 31 oktyabrda Toşkentda xavfsizlik kengaşi apparatlari liniyasi böyiça Rossiya-Tojikiston va Rossiya-Özbekiston maslahatlaşuvlarini ötkazadi”, deyilgan xabarda.
Patruşev öz hamkasblari bilan Afğoniston çegarasidagi masalalarni muhokama qilişi kutilmoqda. Özbekiston va Rossiya xavfsizlik kengaşi rahbarlari oxirgi marta ŞHTning iyunda Bişkekda ötgan sammitida bölib ötgandi. Öşanda ikki tomon Özbekiston va Rossiya xavfsizlik kengaşi apparatlari örtasidagi hamkorlik muvaffaqiyatli amalga oşirilayotganini ta'kidlab ötgan.
Patruşev muntazam ravişda boşqa davlatlardagi hamkasblari bilan xavfsizlik böyiça ikki tomonlama maslahatlaşuvlar ötkazib turadi. Oktabr örtasida u Kuba va Braziliyaga, sentyabrda esa Yaponiyaga taşrif buyurgan. Patruşev oxirgi oylarda, şuningdek, Malayziya, Singapur, Armaniston, Ozarboyjon va Belarusga safar uyuştirgan.

















