Ukraina xalqaro sheriklar, jumladan, Yevropa ittifoqidan yordam so‘rashni bas qilishi kerak, dedi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy.

"Maqsadimiz – noxush ko‘rinishdagi yordam so‘rovchi qolipidan chiqish va xalqaro hamkorlar darajasida yirik investitsion loyihalarni amalga oshirishni boshlash", - dedi Zelenskiy Mariupoldagi investitsion forumda.

U Yevroittifoqning Ukrainani qo‘llab-quvvatlashi miqdori 15 milliard yevroga yetganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda xorijlik investorlarni qiziqtiruvchi loyihalar juda ko‘p.

Avvalroq Ukraina bosh vaziri o‘rinbosari Dmitriy Kuleba Kiyev 2019 yil oxirigacha YeIdan makromoliyaviy yordamning ikkinchi o‘tkazmasini olishni mo‘ljallayotganini bildirgandi.