, bunday mukofotni oliş u uçun katta şaraf hisoblanadi, biroq rivojlangan davlatlar iqlim böyiça Parij kelişuvi şartlarini bajarmas ekan, bu mukofotni olişga heç kim loyiq hisoblanmaydi.
Hozirda Kaliforniyada qolayotgan qizning fikriça, ekofaollik faxrli mukofotlarga emas, balki hukumatlar tomonidan e'tibor va qöllab-quvvatlovga muhtoj.
Tarkibiga Daniya, Islandiya, Norvegiya, Şvetsiya va Finlyandiya deputatlari kiruvçi Şimoliy kengaş har yil adiblar, musiqaçilar, rejissyorlar va atrof-muhit himoyaçilariga bir qator mukofotlar topşiradi. Joriy yilda birvarakayiga ikki davlat – Norvegiya va Şvetsiya Gretaning nomzodini uşbu mukofotga ilgari surgan.
Oktyabrda Greta BBC telekanali talqini böyiça 2019 yilda dunyoning eng katta ta'sirga ega ayollari röyxatiga kiritildi, iyunda Amnesty International huquqni himoyalaş taşkiloti unga “Vijdon elçisi” oliy mukofotini topşirgan.
Greta Tunberg ekologiya muammolari va iqlim özgarişiga qarşi çiquvçi eng maşhur kuraşçilardan biriga aylandi. 2018 yilda qiz Stokholmdagi parlament binosiga norozilikka çiqiş uçun har juma darslarni ötkazib yuborgan. Bundan butun dunyo böylab minglab yoşlar ilhomlanib, hattoki Fridays for Future (Kelajak uçun jumalar) Xalqaro taşkiloti paydo bölişiga olib kelgan.
2019 yil avgustda qiz Nyu-Yorkda BMTning iqlim böyiça sammitida iştirok etiş uçun Atlantika okeanini yelkanli yaxtada kesib ötgan. U sammitdagi qizğin nutqida insoniyat ekologik fojia va ommaviy qiriliş ostonasida turgani, siyosatçilarni esa faqat pullar va iqtisodiy ösiş haqidagi ertaklar taşvişlantirişini aytgan.