Sport | 03:57 / 31.10.2019
12132
2 daqiqa o‘qiladi

A Seriya. Ronalduning 96-daqiqada urgan goli «Yuventus»ga g‘alaba keltirdi

Foto: Twitter/JuventusFC

Italiya A Seriyasining 10-turidan o‘rin olgan bir qancha o‘yinlar yakunlandi.

«Yuventus» o‘z maydonida «Jyenoa» ustidan qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi. O‘yin keskin kurashlar ostida o‘tdi, 3ta futbolchi chetlatildi. 96-daqiqada esa Ronaldu penaltidan unumli foydalanib, Turin klubiga muhim 3 ochkoni keltirdi. Shu tariqa «Yuventus» ochkolari sonini 26taga yetkazib, yana 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Shuningdek, ushbu turda Rim klublari yirik g‘alabalarni qo‘lga kiritishdi.

A Seriya, 10-tur, 30 oktabr

Yuventus – Jyenoa 2:1

Gollar: Bonuchchi (36), Ronaldu (90+6, penalti) – Kuame (40).
Yuventus: Buffon, Rugani, Aleks Sandro, Bonuchchi, Bentankur, Kuadrado, Xedira (Remzi, 61), Matyuidi (Rabo, 61) , Bernardeski (Duglas Kosta, 79), Dibala, Ronaldu. 
Jyenoa: Radu, Gilone, Romero, Sapata, Ankersen, Shene, Kassata, Agudelo (Radovanovich, 84), Kuame (Sanabriya, 81), Pinamonti, Pandev (Gyumnyus, 68). 
Ogohlantirishlar: Kassata (4), Bentankur (28), Rugani (38), Pandev (56), Rabo (76), Bonuchchi (89).
Chetlatishlar: Kassata (51), Marketti (57), Rabo (87).

Udineze – Roma 0:4
Gollar: Dzanolo (13), Smolling (51), Klyuyvert (54), Kolarov (65, penalti).

Latsio – Torino 4:0
Gollar: Acherbi (25), Immobile (33, 70 penalti), Belotti (90, avtogol).

Kalyari – Bolonya 3:2
Gollar: Joao Pedro (48, 83), Simeone (72) – Santander (23, penalti), Olsen (90+1, avtogol).

Sassuolo – Fiorentina 1:2
Gollar: Boga (24) – Kastrovilli (63), Milenkovich (81).

Sampdoriya – Lechche 1:1
Gollar: Ramires (90+1) – Lapadula (8).

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid