O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 31 oktabr kuni makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, soliq-budjet siyosati, davlat budjetining joriy yilda kutilayotgan ijrosi va 2020 yilga mo‘ljallangan parametrlar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

«Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilgan soliq islohotlari tushumlar ko‘payishida ijobiy natijalar bermoqda. Buni xalqaro moliyaviy institutlar ham tasdiqlamoqda.

Masalan, qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari soni 12 barobar, foyda solig‘i to‘lovchilari soni 6,5 barobarga oshgan. Ish haqiga nisbatan soliq yuki keskin pasaytirilgani natijasida daromad solig‘i to‘lovchilari soni 700 mingga, ushbu soliq tushumi esa 2 barobarga ortdi.   

Mazkur islohotlarning davomi sifatida joriy yil 1 oktyabrdan qo‘shilgan qiymat solig‘i 20 foizdan 15 foizga tushirilib, qator imtiyozlar bekor qilindi. 2020  yil 1 yanvardan esa davlat ulushi bor korxonalarga ham yagona ijtimoiy to‘lov 25 foizdan 12 foizgacha pasaytiriladi. Bu choralar natijasida kelgusi yilda soliq to‘lovchilar ixtiyorida 12,8 trillion so‘m miqdorida mablag‘lar qoladi.

Prezidentimiz Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasiga 2020 yil uchun prognoz qilingan budjet tushumini ta'minlash yuzasidan topshiriqlar berdi. Bunda elektron hisob-faktura, zamonaviy markirovka, onlayn kassa mashinasi kabi ilg‘or texnologiyalarni keng joriy etish orqali soliq ma'muriyatchiligini yaxshilash zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Bojxona organlarida samarali ishlaydigan yangi vertikal tizimni shakllantirish, bunda import qilinayotgan tovarlar narxini haqqoniy baholash, risk-analiz va boshqa zamonaviy usullarni keng qo‘llash, shuningdek, ichki nazoratni kuchaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida. 

Davlat rahbari soliq yukini pasaytirish iqtisodiyotga va aholi farovonligiga ijobiy ta'sir etishini inobatga olib, bu masalaga alohida e'tibor qaratish zarurligini ta'kidladi. 

Yig‘ilishda 2020 yil budjetining xarajatlar qismi ham chuqur tahlil qilindi. 

Jumladan, kelgusi yili ijtimoiy sohalar uchun davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar hajmi ortishi ko‘zda tutilgan. Masalan, sog‘liqni saqlash tizimiga yo‘naltiriladigan xarajatlar joriy yildagiga nisbatan 18 foizga, ta'lim sohasiga – 10 foizga va ilm-fan rivojiga – 47 foizga ko‘payadi. Qolaversa, ta'lim, tibbiyot, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, infratuzilmalarni yaxshilash kabi yo‘nalishlarda