Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2020 yilda sudlar, prokuratura va adliya organlariga budjetdan ajratiladigan mablag‘ miqdori ma'lum bo‘ldi
2020 yilda O‘zbekistonda davlat boshqaruvi, adliya, prokuratura va sud organlari faoliyati uchun budjetdan 5 trln 770 mlrd so‘m ajratilishi kutilmoqda.
Fuqarolar uchun budjet loyihasiga ko‘ra, kelasi yilda prokuratura va adliya organlarini saqlashga 678,3 mlrd so‘m ajratilishi mumkin. Bu – 2019 yilga kutilayotgan miqdordan 110 mlrd so‘mga ko‘proq demakdir.
Sudlarni saqlash xarajatlari esa davlatga taxminan 391,4 mlrd so‘mga aylanadi. 2019 yil bilan taqqoslaganda sud hokimiyatiga 63,5 mlrd so‘m ko‘proq mablag‘ ajratilmoqda.
Shuningdek, davlat hokimiyatining markaziy organlari faoliyati uchun 392,7 mlrd so‘m yo‘naltirilishi taklif etilgan. Bu yo‘nalishdagi xarajatlar joriy yil bilan taqqoslaganda 218,1 mlrd so‘mga ortadi.
Bundan tashqari, davlat boshqaruvi organlarini saqlash 2020 yilda 4,2 trln so‘mga tushishi prognoz qilingan. 2019 yilda esa buning uchun 3,6 trln so‘m sarflanishi kutilmoqda.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va boshqa fuqarolik institutlarini saqlash uchun esa davlat budjetidan 870,9 mlrd so‘m sarflanishi prognoz qilingan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yildan e'tiboran O‘zbekistonda davlat budjeti qonun sifatida qabul qilinadi.
2020 yil uchun davlat budjeti daromadlari 128 460,0 mlrd. so‘m (yoki YaIMning 20 foizi) miqdorida rejalashtirilgan, bu – 2019 yil yakuni bo‘yicha daromadlarning kutilayotgan ijrosidan 15 817,1 mlrd. so‘mga ko‘proqdir.
Mavzuga oid
08:39 / 04.06.2026
Insofsiz sug‘urta agentlarining ochiq reyestri yuritiladi
11:51 / 22.05.2026
IIV, Adliya va Tog‘-kon vazirligi - davlat boshqaruvidagi eng ilg‘or idoralar
19:00 / 19.05.2026
Kreativ iqtisodiyot uchun soliq imtiyozlari nazarda tutilgan qonun ma’qullandi
15:51 / 12.05.2026