Toşkentda 31 oktabr kuni Özbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengaşi apparatlari örtasida navbatdagi ikki tomonlama maslahatlaşuv bölib ötdi.
Muloqotlar Özbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengaşi kotibi Viktor Mahmudov va Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengaşi kotibi Nikolay Patruşev raisligida ötdi.
Özbekiston – Rossiya maslahatlaşuvlari mexanizmi mamlakatlarimiz örtasidagi döstlik va hamkorlikni izçil, jadal rivojlantirişdek umumiy maqsadga xizmat qilişi, ikki mamlakat xalqlari manfaatiga töliq javob berişi qayd etildi. Tinçlikni ta'minlaşga yönaltirilgani ta'kidlandi.
Uşbu muloqotlar mintaqaviy xavfsizlikni, Markaziy Osiyoda, jumladan, Afğonistondagi vaziyatni inobatga olgan holda, barqaror rivojlanişni ta'minlaşda muhim ahamiyatga ega ekani alohida qayd etildi.
Tadbirda, şuningdek, axborot xavfsizligini ta'minlaş sohasidagi aloqalarni mustahkamlaş, kelajakda uşbu yönalişda hamkorlikka oid hukumatlararo bitim imzolaşga kelişiş muhimligi ta'kidlandi.
Tomonlar xavfsizlik sohasidagi keng kölamli Özbekiston – Rossiya hamkorligini yanada çuqurlaştiriş, şu jumladan, kelajakda şartnomaviy-huquqiy bazani mustahkamlaş va birgalikdagi amaliy harakatlarning ikki tomonlama işçi mexanizmini takomillaştirişga tayyor ekanini tasdiqladi.
Maslahatlaşuv yakuni böyiça tegişli protokol va Özbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengaşi apparati bilan Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengaşi apparati örtasida 2020-2021 yillarga möljallangan xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni yanada çuqurlaştiriş va kengaytiriş böyiça aniq çora-tadbirlarni nazarda tutuvçi Hamkorlik rejasi imzolandi.

















