Britaniya OAV ta'kidlashicha, saylovlar o‘tkazilishi haqidagi qonun loyihasi endi qonuniy kuchga ega bo‘ldi.
Britaniya bosh vaziri Boris Jonson parlamentga muddatdan avval saylovlar o‘tkazilishi tashabbusini ko‘rib chiqish uchun kiritgandi, biroq bu tashabbus uch marta ham deputatlarning uchdan ikki ovozini to‘play olmagan.
Shundan keyin Jonson parlamentga tashabbus emas, qabul qilinishi uchun ko‘pchilik ovoz kifoya qiladigan qonun loyihasini ko‘rib chiqishga kiritishini aytgan.
So‘ngra u bo‘yicha parlamentda ovoz berilgan. Saylovlar o‘tkazilishini 438 deputat qo‘llab-quvvatlagan, 20 deputat unga qarshi chiqqan.

















