31 oktabr kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasining majlisi bölib ötdi. Unda davlat dasturining 2019 yilning III çoragida bajarilişi borişi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining hisoboti tinglandi.

Majlisda deputat Abduraşid Abduqodirov 3-12 foizgaça maktablarda fizika, kimyo kabi fanlar uçun laboratoriyalar yöqligi, borlaridayam yetarliça jihozlanmagani, şuningdek, parta va doskalar ta'minoti ham qoniqarli emasligini ta'kidladi. Deputatning sözlariga köra, oliy ta'lim muassasalariga qabul kvotalari köpaytirilgan bölsa-da, universitet va institutlarning moddiy-texnik bazasi şunga moslaştirilmagan, ayrim OTM ikki smenada işlagan taqdirda ham öqişga qabul qilingan talabalarni töla qamrab ololmaydi, talabalar turarjoylarining talabdan ança kamligi ham talabalarning huquqlarini çeklamoqda.

«Sönggi beş yil davomida davlat tomonidan ijtimoiy sohaga ajratilayotgan mablağlar uluşi 59 foizni taşkil qilardi. Biroq 2019 yilda ijtimoiy sohaga avvalgi yillarga nisbatan budjetdan eng kam mablağ ajratilgan. Hukumatning 9 oylik hisobotida 53,2 foizni taşkil etganini köriş mumkin. 2019 yilda ta'lim sohasiga ajratilgan mablağlar yuqorida sanab ötilgan muammolarni hal etiş uçun yetadimi? Yetarli bölmasa, hukumat bu muammolarni qanday hal qilmoqçi? 2020 yil qanday prognoz körsatkiçlari uçun qanaqa mablağlar ajratilyapti?», deya savol bilan yuzlandi Abduraşid Abduqodirov.

Boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimov deputatning savoliga javob berarkan, davlat budjeti şu paytgaça Prezident qarori bilan tasdiqlangan bölsa, bu yildan boşlab ilk bor Oliy Majlis tomonidan tasdiqlanayotganiga urğu qaratdi. Uning sözlariga köra, bundan buyon deputatlarning özi budjet xarajatlarini körib, tasdiqlab beradi. Natijada bu qonun kuçiga ega bölgan hujjatga aylanadi.

Bundan taşqari, budjetdagi har bir özgariş, şuningdek, 10 foizdan köp bölgan xarajatlar deputatlarning roziligini olib, parlament bilan kelişgan holda amalga oşirilişi, xalqaro tajribadan kelib çiqib qilinayotgan bu işlar juda katta qadam bölayotgani ta'kidlandi.

«Deputatimiz aytgan muammolar yillar davomida yiğilib qolgan, ularni bir kunda yoki bir yil içida bu masalani hal qiliş imkonsiz. Buyoğiga 3 yillik budjet qabul qilinişi ham rejalaştirilyapti. 3 yillik reja asosida. Eng asosiy sohalarimiz böyiça konsepsiyalar işlab çiqilgan bölib, ularda yuqorida kötarilgan köplab muammolar yeçimini topgan. Uç yillik budjetga ötadigan bölsak, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari uç yil davomida qaysi yilda qanday yönalişdagi muammolar yeçimini topişi böyiça hukumat tomonidan taklif etilayotgan aniq rejalar bilan tanişişlari mumkin. Vazirlar Mahkamasi bu işlar parlamentning qat'iy nazorati ostida amalga oşiradi», deya Aziz Abduhakimovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.