Özbekiston Respublikasi prezidentining tegişli qarori bilan Soğliqni saqlaş vaziri örinbosari vazifasida işlab kelgan Şohrux Şoturğunoviç Şorahmetov Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi raisi etib tayinlandi. Bu haqdagi ma'lumotni SSV matbuot xizmati va qömita matbuot xizmati Kun.uz’ga tasdiqladi.
Ş.Şorahmetov 1977 yilda tuğilgan. 1998 yilda Toşkent davlat iqtisodiyot universitetini, 1999 yilda esa Buyuk Britaniyaning Ekseter universitetini iqtisod, moliya va investitsiyalar mutaxassisligi böyiça tamomlagan.
Öz faoliyatini Davlat mulk qömitasi huzuridagi Qimmatli qoğozlar bozori faoliyatini muvofiqlaştiriş va nazorat qiliş markazi yetakçi mutaxassisi vazifasidan boşlagan Ş.Şorahmetov turli yillarda Iqtisodiyot vazirligi, Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi va Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi kabi taşkilotlarda mas'ul lavozimlarda faoliyat körsatgan.
U 2019-2020 yillarda Moliya vaziri örinbosari lavozimida işlagan, 2020 yil yozidan buyon Soğliqni saqlaş vazirining moliyaviy-iqtisodiy masalalar böyiça örinbosari lavozimida işlab kelayotgan edi.
- Eslatib ötamiz, Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasiga 2019 yil yanvaridan buyon rahbarlik qilgan Najmiddinxöja Şaripov 2021 yil martida Toşkent viloyati hokimining investitsiya va taşqi savdo masalalari böyiça örinbosari lavozimiga ötkazildi.

















