Joriy yilning 31 oktabr kuni soat taxminan 20:00 da fuqaro O.T. Andijon viloyati Jalaquduq tumani Ittifoq köçasida istiqomat qiluvçi, şu kuni uni haqorat qilgan Ş.X.ning yaşaş manziliga kelgan.
Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga köra, u özaro kelişmovçilik sababli dastlab qöllari bilan Ş.X.ning yuziga, söng özi bilan olib kelgan xöjalik piçoği bilan uning çap biqin sohasiga bir marotaba urib, hayot uçun xavfli bölgan oğir tan jarohati yetkazgan.
Hodisa sodir bölgan joyni közdan keçiriş jarayonida qonga öxşaş doğlar bölgan O.T.ning kiyimlari va bir dona piçoq xolislar iştirokida rasmiylaştirib olingan.
Uşbu holat yuzasidan 2019 yil 1 noyabr kuni Jalaquduq tumani IIB huzuridagi tergov bölinmasi tomonidan O.T.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (oğir tan jarohati yetkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Hozirda mazkur jinoyat işi böyiça dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, natijasiga köra qonuniy qaror qabul qilinadi.
















