Istamov muxbirning: «Keng omma MSKga hukumatning qölidagi öyinçoq sifatida qarab kelgan», deya bildirgan fikrini rad etib, komissiya hukumat bilan teng maqomga ega ekanini eslatib ötdi.

«Markaziy saylov komissiyasi – öyinçoq emas. Hukumat bilan teng konstitutsiyaviy maqomga ega, saylovlarni taşkil qiladigan davlat hokimiyati idorasi.

Uning mustaqilligi aynan nima bilan ta'minlanadi? Komissiyani şakllantiriş tartibiga e'tibor beradigan bölsak, bu jarayonda ijro hokimiyatining iştiroki umuman yöq. Xususan, Markaziy saylov komissiyasi a'zolari – xalq tomonidan saylangan, viloyat kengaşlari tavsiyasi asosida, parlamentimizning ikki palatasi tomonidan lavozimga tasdiqlanadi. Ularning vakolati ham xalq deputatlari viloyat kengaşlari va parlamentimiz taqdimnomasi asosida tugatilişi mumkin.

Markaziy saylov komissiyasi emas, barça darajadagi saylov komissiyalari faoliyatiga aralaşiş – qonun bilan ta'qib qilinadi va tegişli ma'muriy javobgarlikni keltirib çiqaradi.

Undan taşqari, MSK – kollegial idora. Bugungi kunda MSK a'zolari soni 21 nafardan iborat. Ularning 10 nafari – aynan demokratik tartiblarga asosan yaqinda tayinlangan a'zolardir. Har bir a'zo bir ovozga ega.

MSKning majlislari oçiq-oydin, OAV iştirokida, hammaning e'tiborida ötkaziladi va ayni mana şu oçiqlik, oşkoralik tamoyili va MSKni şakllantirişdagi demokratik qonun-qoidalar – ularning mustaqilligini ta'minlovçi muhim kafolatdir», dedi MSK raisi örinbosari.

Istamovning qayd etişiça, saylov komissiyalari deputatlikka nomzodlarni aniqlaşda, ularni tanlab olişda iştirok etmaydi. Bu – siyosiy partiyalarning mutlaq vakolatidir. Komissiya faqat ularni röyxatga oladi.

«Nomzodlarni röyxatga oliş faqat bitta mezon asosida baholanadi – u ham bölsa, tavsiya qilinganlar qonunda nomzodlarga belgilangan talablarga javob-beradimi yoki yöqmi, şu mezon böyiça baholaydi», deydi Mahmud Istamov.