Saylovlarda elektron ovoz beriş tizimi Özbekiston qonunçiligiga kiritilmagan. Markaziy saylov komissiyasi raisi örinbosari Mahmud Istamov «Amerika ovozi»ga bergan intervyusida mazkur holatga izoh berdi.
«Bilamiz, köp davlatlarda nafaqat elektron ovoz beriş, [balki] elektron ovozlarni sanab çiqiş tizimlari ham yölga qöyilgan. Biz bu davlatlarni sinçkovlik bilan örganib, kuzatib turibmiz», – dedi MSK rasmiysi.
Istamovning sözlariga köra, ovoz berişda elektron tizimning yölga qöyilişi öşa davlatlardagi mavjud muammolar bilan boğliq. Ya'ni bu tizim joriy etilgan davlatlarda fuqarolarning saylovdagi iştiroki darajasi sust. Şu boisdan, odamlarga qulaylik yaratiş, ularni saylovlarga köproq jalb etiş maqsadida elektron ovoz beriş imkoni yaratilgan.
«Özbekistonda bunday muammo yöq. Çunki fuqarolarimizning davlatimiz taqdiriga daxldorlik hissi kuçli. Saylovlarda doimiy ravişda katta qism saylovçilar qatnaşadi. Şuning uçun biz bu masalada köp yillar davomida sinalgan konservativ yöldan boryapmiz», – deb ta'kidladi Mahmud Istamov.

MSK vakili elektron ovoz beriş tizimining qulayligini tan olgani holda, Özbekistonda mazkur amaliyotni joriy qiliş uçun ikkita jihatdan kafolat bölişi kerakligini aytdi.
«Birinçidan, yaşirin ovoz beriş tamoyilining buzilmasligi. Ikkinçidan, taşqi aralaşuvning oldini oliş.
Agar bizda mana şu ikkita masalada kafolat bölsa, qat'iy işonçimiz bölsa, biz bosqiçma-bosqiç elektron ovoz berişni ham, elektron ovozlarni sanab çiqişni ham saylov amaliyotiga kiritişni öylaşimiz mumkin», – dedi Istamov.
«Markaziy saylov komissiyasi – hukumat qölidagi öyinçoq emas» – MSK raisi örinbosari
















