Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xalqaro Mehnat tashkiloti akademiyasida O‘zbekiston delegatsiyasi ham qatnashdi
XMTning Turindagi Xalqaro trening markazida tashkilotning 100 yilligi munosabati bilan o‘quv-amaliy treningi tashkil etildi. Kun.uz muxbiri qatnashdi.
Xalqaro Mehnat tashkiloti ilk marotaba «Mehnat sohasining asosiy huquqlari va qonun-qoidalari masalalari bo‘yicha Akademiyasi»ni tashkil etdi. Unda dunyoning turli davlatlari singari O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etdi. Ta'kidlash joizki, O‘zbekiston delegatsiyasi 30 kishidan iborat bo‘lib, qamrovi va jihatidan ham ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy sohalar vakillari bor edi. Xususan, delegatsiya tarkibida Senat a'zosi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Nogironligi bor shaxslar jamiyati, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, OAV vakillari hamda blogerlar bor edi.




Ta'kidlash o‘rinliki, Akademiya ulkan global anjuman bo‘lib, ishtirokchilar hamkasblari bilan turli shart-sharoitlar hamda shiddatla o‘zgarib borayotgan mehnat dunyosida 4ta asosiy qonun-qoida va huquqlarni amaliyotga joriy qilish masalalarini muhokama qilishdi. Shu bilan birga, insonning asosiy huquqiga nisbatan global ta'sirga oid axborot bilan almashish imkoni taqdim etar ekan, asosiy diqqat-eʼtibor qishloq xo‘jaligi va norasmiy iqtisodiyotda, yetkazib berish zanjiri, mojaro va ziddiyatlar sharoitidagi dolzarb to‘siqlarni bartaraf etish yo‘llari muhokama qilindi.




Akademiya global o‘quv tadbiri sifatida tashkil etildi. U ishtirokchilarning mehnat sohasidagi asosiy qonun-qoidalar va huquqlarni hurmat qilish, qo‘llab-quvvatlash hamda hayotga tatbiq etish nuqtainazaridan ishlab chiqilgan edi.







Mavzuga oid
18:13 / 22.04.2026
2025 yilda qariyb 8 ming noqonuniy migrant halok bo‘ldi yoki bedarak yo‘qoldi – BMT
18:32 / 07.01.2026
Biznes-konsultant: u kim va nima vazifani bajaradi?
22:44 / 17.12.2025
“Badavlat ayol” loyihasi – boylik tomon yo‘lmi yoki illyuziya biznesi?
21:32 / 10.09.2025