Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorazmda quruvchilarni tok urdi. Ikki yigit hayotdan ko‘z yumdi
Xorazm viloyati Hazorasp tumani Bog‘dor mahallasida joylashgan maktabgacha ta'lim muassasasi binosida ta'mirlash ishlarini olib borayotgan yollanma ishchilar xavfsizlik qoidalariga amal qilmagani uchun hayotdan ko‘z yumishdi.
«Postda» nashrining yozishicha, Xonqa tumani Katta kuch mahallasida yashovchi uch yigit temirdan yasalgan havozani ko‘targan vaqtida tepadan elektr simi o‘tganini bir zumga unutishgan.
Oqibatda, havoza elektr simiga tegib ketishi natijasida ularni elektr toki urgan. Yigitlardan ikkisi voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi. Yana biri shifoxonaga yotqizildi.
Ayni paytda holat yuzasidan surishtiruvni prokuratura olib bormoqda.
Mavzuga oid
16:23 / 24.06.2026
Xorazmda ham jamoat transportida to‘lovlar to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi
08:45 / 23.06.2026
Farg‘ona va Xorazmda narkotik moddalar qo‘lga olindi
11:40 / 08.06.2026
Toshkent va Xorazmda yirik giyohvandlik savdosiga chek qo‘yildi
09:23 / 28.04.2026