O‘zbekistonda yakka tartibdagi tadbirkorlar va oilaviy tadbirkorlik a'zolariga soliq solish tartibi o‘zgaradi. Bu haqda «Fuqarolar uchun budjet 2020» loyihasida aytilgan.

Hozirda yakka tartibdagi tadbirkorlar va oilaviy tadbirkorlik a'zolari qat'iy belgilangan soliq to‘laydi. 2020 yildan esa ular jismoniy shaxslarning daromad solig‘i (qat'iy belgilangan miqdorda) to‘laydi hamda yillik jami daromad bo‘yicha deklaratsiyaga muvofiq haqiqatda olingan daromad miqdoridan kelib chiqib soliq to‘lash huquqini qo‘lga kiritadi.

“Hunarmand” uyushmasi a'zolari hozir qat'iy belgilangan soliq to‘lashdan ozod etilgan. 2020 yilda uyushma a'zolari daromadlarini imtiyozli soliqqa tortish saqlanib qolinadi.

Jismoniy shaxslarning daromad solig‘i stavkasini 12 foiz miqdorida qoldirish ko‘zda tutilmoqda.