Uning sözlariga köra, mamlakat jiddiy saylovlar oldida turibdi.
“Ma'lumki, ikki yildan beri davom etayotgan pandemiya dunyoning hamma davlatlariga zarar keltirdi. Şunga qaramay, bu vaqt oraliğida jahonning 40dan ortiq davlatlarida saylovlar bölib ötdi.
Men partiyamiz nomidan bir taklifni ilgari suriş tarafdoriman. Pandemiya davrini hisobga olib, saylovlarni faqat 24 oktyabrda emas, bir neça kun davomida ötkaziş taklifini Markaziy saylov komissiyasiga kiritsak. Şunda tirbandliklarning, odamlar bir joyda töplanib qolişining, ya'ni kasallik tarqalişining oldi olinardi”, – dedi Qodir Jörayev.
Kun.uz bilan suhbatda Qodir Jörayev bu taklif avval muhokama qilinişi, şundan keyingina Markaziy saylov komissiyasiga kiritilişini bildirdi.
“Bu borada yakuniy qaror qabul qiliş Markaziy saylov komissiyasining vakolatida”, – dedi Oliy Majlis deputati.
Ma'lumot uçun, “Adolat” SDPning navbatdan taşqari plenumida prezidentlik saylovlariga partiya rahbari Bahrom Abduhalimovni nomzod sifatida körsatiş masalasi muhokama qilindi.

















