Suriyaning Tell-Ab'yad shahrida minalashtirilgan avtomobilning portlashi natijasida 13 kishi halok bo‘ldi, 29 kishi jarohatlandi.
Avvalroq Anadolu agentligi portlash oqibatida kamida o‘n kishi qurbon bo‘lgani haqida xabar bergandi.
Tell-Ab'yad shahri Suriya-Turkiya chegarasida joylashgan bo‘lib, "Tinchlik bulog‘i" operatsiyasi e'lon qilinganidan so‘ng Turkiyaga yon bosuvchi kuchlar nazoratiga o‘tgandi.
Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an AQSh Anqaraga “Suriya demokratik kuchlari” kurd-arab alyansi qo‘mondoni Mazlum Kobani Abdini topshirishi kerakligini aytgandi.

















