Tramp UFC turnirini tomosha qilishga keldi. Uni olqishlar va hushtakbozliklar bilan qarshi olishdi
AQSh prezidenti Donald Tramp 2 noyabr, shanba kuni Nyu-Yorkda o‘tkazilgan UFC 244 kechasiga tashrif buyurdi. Uni bu yerda ham olqishlashdi, ham hushtakbozlik qilishdi.
Prezident Nyu-Yorkdagi Madison Square Garden arenasidagi janglarni Respublikachilar partiyasi rahbariyati vakillari, shuningdek, ikki o‘g‘li, kichik Donald va Erik bilan birga kuzatdi.
Arenaga kirish qismida Trampga qarshi hayqiriqlar yangradi.
Qayd etish kerakki, bir necha kun muqaddam Vashingtonda beysbol bo‘yicha chempionat vaqtida prezidentga hushtakbozlik qilingandi.
Ammo shanba oqshomida prezidentni aralash kayfiyatdagi insonlar qarshi olishdi - ham olqishlashdi, ham hushtakbozlik qilishdi.
Odamlar «Trampni yo‘qoting» va «Trampga impichment» yozuvlari tushirilgan plakatlarni ham ko‘tarishdi.
That sound you hear is @realDonaldTrump getting booed at #UFC244 pic.twitter.com/oklkQzGMpk
— Mitch Horowitz (@MitchHorowitz) November 3, 2019
Shu haftada AQSh Kongressi prezident Donald Trampga qarshi impichment jarayonini boshlash to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qilgandi. Trampning muxoliflari prezident boshqa davlat rahbaridan (Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy) shantaj yo‘li bilan o‘zining bo‘lajak saylovdagi asosiy raqibi bo‘lishi kutilayotgan demokrat Jo Baydenga qarshi tekshiruv o‘tkazib, uni obro‘sizlantirib berishini so‘raganini da'vo qilishmoqda.
1993 yilda tuzilgan UFC (Ultimate Fighting Championship) sport tashkiloti aralash sport turlari bo‘yicha chempionatlarni uyushtirib kelmoqda.
Hozirda dunyo bo‘ylab ushbu turnirning millionlab muxlislari mavjud, Konor MakGregor va Ronda Rauzi kabi sportchilar esa superyulduz maqomida.
Donald Tramp ko‘p yillar muqaddam UFC turniriga tashrif buyurgandi, o‘shanda ko‘plab stadionlar va nashrlar ushbu sport turini inkor qilishgandi.
«Men Donald Tramp haqida hech qanday salbiy gap ayta olmayman, chunki u hali hech kim biz tomonida bo‘lmaganida biz bilan bo‘lgandi», - deydi tashkilot boshlig‘i Dan Uayt.
2016 yilda Uayt Respublikachilar partiyasi yig‘ilishida Donald Trampning prezidentlik kampaniyasi doirasida nutq so‘zlagandi.
Mavzuga oid
02:48 / 06.11.2024
Saylov boshlandi, ko‘p ovoz olib ham yutqazish mumkin bo‘lgan saylov
00:26 / 06.11.2024
Tramp atrofida aylanayotgan Amerika siyosati: nega bunday bo‘ldi?
18:33 / 15.08.2024
Habib Nurmagomedov Rossiya soliq idoralari oldidagi barcha qarzlarini yopdi - OAV
21:04 / 06.08.2024