Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FVV haydovchilarga «Qamchiq» dovoni bo‘yicha ogohlantirish bilan chiqdi
Kuz-qish mavsumi kirib kelishi munosabati bilan A-373 «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lining «Qamchiq» dovonida ob-havo haroratining keskin pasayishi kuzatilishi (qisqa muddatli yomg‘ir va qor yog‘ishi) mumkin.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi yo‘l transport hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida, dovon hududida harakatlanishdan oldin quyidagi tavsiyalarga e'tibor qaratishni so‘ragan:
avtomobillarning texnik holatini to‘liq ko‘zdan kechirish;
dovon orqali yetarli darajada yoqilg‘i-moylash mahsulotlari bilan harakatlanish;
avtotexnikalarning qish mavsumida harakatlanish uchun maxsus shinalar bilan almashtirish;
haydovchilarimizning «Qamchiq» dovoni orqali harakatlanganda hushyorlikni yanada oshirishlari va yo‘llarda to‘xtab dam olishlari;
viloyatlararo yuk tashish bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar, firmalar, xususiy tadbirkorlar tomonidan haydovchilar bilan profilaktik tadbirlar o‘tkazilishi.
«Qamchiq» dovoni bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumotlarni quyidagi telefon raqami orqali olish mumkin:
«Qamchiq» Maxsus qidiruv-qutqaruv boshqarmasi navbatchilik qismi: 95 146-87-08.
Mavzuga oid
14:06 / 11.06.2026
Qamchiq dovonida avtomobil jarlikka tushib ketdi
17:18 / 08.06.2026
Qashqadaryodagi portlashda 6 kishi halok bo‘lgan
15:27 / 08.06.2026
Qashqadaryoda gaz quyish shoxobchasida portlash ro‘y berdi
11:50 / 05.06.2026