O‘zbekiston | 10:53 / 05.11.2019
10262
1 daqiqa o‘qiladi

Respublika davlat boshqaruvi organlari ro‘yxati to‘ldiriladi 

Foto: iStock

Respublika davlat boshqaruvi organlari ro‘yxati to‘ldiriladi. Tegishli hujjat loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e'lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2003 yil 9 dekabrdagi “Respublika Davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni ilovasining III bo‘limi quyidagi mazmundagi 9-band bilan to‘ldirilishi kutilyapti:

“9. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish Agentligi”.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish Agentligi vakolatiga kiradigan masalalarga doir tekshirishlarni Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish Agentligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari nazorat qilishi belgilanmoqda. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid