Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeChLda 4-tur: Bu turda 7ta jamoa guruh masalasini hal qilishi mumkin

Bugun, 5 noyabr kuni Yevropa Chempionlar ligasida 4-tur o‘yinlariga start beriladi. Guruh bosqichi yakunlanishiga hali vaqt bor, ammo bugun va ertaga bir necha klublar turnirning nimchorak finaliga yo‘l olishi mumkin.
«PSJ»
A guruhida intriga bo‘lishi mumkin, ammo bu guruh yetakchisi «PSJ»ga aloqador bo‘lmaydi. Tomas Tuxel shogirdlari bu turda Parijda «Bryugge»ni qabul qiladi. G‘alaba parijliklarga keyingi ikki turda ikkinchi tarkibni o‘ynatish imkonini beradi. «Real»ga esa ertaga «Galatasaroy»ga qarshi o‘yinda faqat g‘alaba kerak, aks holda madridliklar uchun so‘nggi turlar hayot-mamot masalasiga aylanadi. Baribir, yakunda ikki grand pley-offga chiqsa kerak, ammo «Galatasaroy» va «Bryugge»ni hisobdan chiqarishga hali erta.
«Manchester Siti»
O‘tgan turda «shaharliklar» «Atalanta»ni 5:1 hisobida mag‘lub etishgandi. Qur'a natijalaridan keyinoq, «Manchester Siti» bu guruhda favoritligi va har bir o‘yinda ustunlik qilishi ma'lum bo‘lgandi. Amalda ham shunday bo‘lib chiqdi. Bugungi o‘yinda «Atalanta» ustidan g‘alaba qozonilsa, muddatidan avval pley-off yo‘llanmasi hal qilinadi. Lekin «Siti» har mavsumda muammosiz guruhdan chiqib kelmoqda. Bu jamoaning muammolari faqat pley-offda boshlanadi. Lekin ko‘pchilik Xosep Gvardiola «Manchester Siti» bilan bu mavsumda nihoyat o‘z maqsadiga erishishini kutmoqda.
«Bavariya»
Myunxenliklar shanba kuni ichki chempionat doirasida «Ayntraxt»ga 1:5 hisobida mag‘lub bo‘lishdi va klub rahbariyati darhol Niko Kovachni bosh murabbiy lavozimidan ozod etdi. Ammo shunday holatda ham «Bavariya» bu turda «Olimpiakos»ni mag‘lub etish orqali birinchi vazifani muddatidan ilgari uddalashi mumkin. Bu jamoa joriy mavsumda YeChLning eng ko‘p gol urayotgan jamoasidir — 13 gol. Greklar ham osongina taslim bo‘lishmaydi va myunxenliklarning maqsadi kechiktirilishiga urinishadi.
«Atletiko» va «Yuventus»
«Loko» va «Yuve» endi Moskvada to‘qnashadi. Endi italyanlarga pley-offga chiqish uchun bitta g‘alaba yetarli va ular bu ishni keyinga qoldirmoqchi emas. «Atletiko» esa chempionatdagi muvaffaqiyatsiz ishtirokini xalqaro maydondagi natijalar bilan yuvishga harakat qiladi. Bu Ispaniyaning barcha uch grandiga taalluqli. Agar «Atletiko» ertaga «Bayyer»dan ustun kelsa pley-off masalasini hal qiladi. «Lokomotiv» va «Bayyer» Yevropa Ligasi yo‘llanmasi uchun kurashadi.
«Napoli» va «Liverpul»
Bu jamoalarning o‘zaro uchrashuvi birinchi turda italyanlarning kutilmagan g‘alabasi bilan yakunlangandi, ammo bu turda ular kuchsiz raqiblarga qarshi maydonga tashishadi va ikki grand o‘z o‘yinlarida g‘alaba qozonsa, pley-off yo‘llanmasi naqd bo‘ladi. «Zalsburg» «Enfild»da «Liverpul»ga haqiqiy jang taklif qilgan bo‘lsa-da natijaga erisha olmadi. Avstriyaliklar jamoasi bugun «Napoli» bilan o‘yinda ham bor kuchi bilan o‘ynashi tayin. Bu o‘yinda omad Anchelotti shogirdlari tomonida bo‘lsa, Ye guruhidan syurprizlar kutishga hojat qolmaydi. «Liverpul» bugun «Genk»ni qabul qiladi va ko‘p ehtimol bilan pley-off masalasini bir yoqli qiladi.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniyada depressiyaga chalingan odamlarga futbolga borish tavsiya etildi
Sport | 23:20
-
AQSh Trampning yangi muddati davomida Ukrainaga birinchi harbiy yordam shartnomasini e’lon qildi
Jahon | 23:01
-
Prezidentning Jizzaxga tashrifi, ijtimoiy obektlarning geoportali, shahodatnomadagi baholarning imtihonda inobatga olinmasligi – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:54
-
Eron davlat xodimlarining iPhone’lari Isroil bilan urush oldidan kiberhujumga uchradi – OAV
Jahon | 22:18
Mavzuga oid

12:14 / 14.07.2025
Enrike o‘yindan keyingi janjalga aralashdi va raqib futbolchisini urib yiqitdi

02:13 / 14.07.2025
«Chelsi» finalda dahshatli «PSJ»ni yirik hisobda yengdi

17:41 / 13.07.2025
Yozning asosiy o‘yini: «PSJ» va «Chelsi» klublar mundiali finalida to‘qnashadi

08:07 / 10.07.2025