Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kimning biznes tashabbusi davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi aniqlashtirildi
Foto: Shutterstock
Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi hisobidan loyihalari bo‘yicha moliyaviy yordam ko‘rsatiladigan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami toifalarining ro‘yxati tasdiqlandi
Norma’ning yozishicha, prezidentning 13.08.2019 yildagi PF-5780-son farmoni bilan Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tashkil etildi, uning vazifalaridan biri aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining biznes loyihalarini amalga oshirishda ularni moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash hisoblanadi. Moliyaviy yordam kafilliklar va kafolatlar, tijorat banklari kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya berish shaklida ko‘rsatiladi.
Qabul qilingan hujjat bilan aholining moliyaviy yordam ko‘rsatiladigan toifalari ro‘yxati tasdiqlandi. Unda 8 ta pozitsiya mavjud:
• nogironlar va pensiyaoldi yoshidagi shaxslar (erkaklar uchun 58 yoshdan 60 yoshga to‘lishgacha va ayollar uchun – 53 yoshdan 55 yoshga to‘lishgacha pensiyaga chiqishdan oldingi yosh);
• 14 yoshga to‘lmagan bolalari va nogiron bolalari bor yolg‘iz ota, yolg‘iz onalar, shuningdek ko‘p bolali ota-onalar;
• umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarini tamomlagan yoshlar, shuningdek oliy ta'lim muassasalarining davlat grantlari bo‘yicha ta'lim olgan bitiruvchilari;
• odam savdosi qurboni bo‘lgan shaxslar;
• kam ta'minlangan oilaning mehnatga layoqatli oila a'zolari;
• jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sudning qaroriga ko‘ra tibbiy tusdagi majburlov choralari qo‘llanilishidan ozod qilingan shaxslar;
• mehnat organlari tomonidan ishsiz deb e'tirof etilgan shaxslar;
• mehnat migratsiyasidan qaytgan shaxslar.
Mavzuga oid
15:26 / 27.12.2025
Yagona milliy ijtimoiy himoya: oilalar 3 toifaga ajratiladi
08:38 / 25.12.2025
Ijtimoiy xavfli ahvoldagi bolalar belgilangan ta’lim muassasasiga imtihonsiz qabul qilinadi
19:51 / 24.12.2025
Zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalar uchun professional tutingan oila xizmati yo‘lga qo‘yiladi
21:24 / 17.12.2025