“Özneftgazinspeksiya” mutaxassislari tomonidan “Qarşi neft bazasi” jamiyati va unga qaraşli filiallarning neft mahsulotlari siğimlaridagi mahsulotning haqiqiy qoldiği bilan hisobxona qoldiği taqqoslandi.

Joriy yilning oktabr oyida ötkazilgan nazorat tadbiri davomida sifat tahlili uçun namunalar olinganda jami 11 mlrd 535 mln sömlik manbalar aniqlandi.

Jumladan, 220,3 mln sömlik 38,4 tonna kamomad, 50,9 mln sömlik 5,7 tonna ortiqçalik hamda 160,1 mln sömlik 26,4 tonna asossiz hisobdan çiqariş, 514,6 mln sömlik 97 703 litr mahsulot sifati buzilganligi hamda 7 mlrd 512 mln sömlik 3850 tonna neft mahsulotlarni “Özbekneftegaz” ruxsatisiz AYoQŞlarga imtiyozli narxlarda tarqatiş holatlari aniqlandi.

Bundan taşqari, jamiyatga qaraşli siğimlarda saqlanayotgan neft mahsulotlarining sifatini aniqlaş uçun namunalar olinib, “Özneftegazinspeksiya”ning Toşkent nazorat-kimyo laboratoriyasiga topşirildi. Sifat tahlili natijasida jami 514,6 mln sömlik 97 703 litr neft mahsulotlari sifati buzilganligi aniqlandi.

Nazorat va tahlil natijalari böyiça rasmiylaştirilgan hujjatlar huquqni muhofaza qiliş organlariga taqdim etilgan.