Bu haqda Zakon.kz naşri xabar berdi.

Joriy yilning 20 aprelida Qozoğistonning Jambil viloyati Qorday tumanidagi «Toşkent-Olmaota» trassasining 181-kilometrida mahalliy vaqt bilan tonggi soat 05:09 da 49 nafar yölovçini olib ketayotgan Van Hool rusumli avtobus iştirokida yöl-transport hodisasi yuz bergandi. 

Avtobus haydovçisi yöl harakati qoidalarini buzgan holda Toyota Camry maşinasi bilan töqnaşib ketgan va oqibatda boşqaruvni yöqotib, avtobusning ağdarilişiga yöl qöygan. Fojia oqibatida 11 kişi, jumladan 8 nafar Qozoğiston, 3 nafar Özbekiston fuqarosi halok bölgan.

Qorday tuman sudining ma'lum qilişiça, haydovçi Qozoğiston Jinoyat kodeksining “Transport vositasini boşqargan şaxs tomonidan ehtiyotsizlik tufayli 2 nafardan köproq kişining ölimiga olib kelgan yöl harakati qoidabuzarligi” moddasi böyiça aybdor deb topilgan. 

Ayblanuvçi öz aybini tan olib, puşaymonligini bildirgan. Sud ayblanuvçining çin dildan puşaymonligini, yaşaş joyidan u haqida ijobiy tavsifnoma olingani, avval sudlanmaganligini hisobga olib, 7 yillik muddatga transport vositasini boşqariş huquqidan mahrum qilgan holda 5 yillik qamoq jazosiga tortgan.