5 noyabrda Yamanning xalqaro hamjamiyat tomondan tan olingan hukumati va Yaman janubida harakat qiluvçi taşkilotlar, jumladan Janubiy Yaman ötiş kengaşi ayirmaçilari Ar-Riyodda qurolli qarama-qarşilikni töxtatiş haqida tinçlik kelişuvini imzolaşdi. Hujjat Saudiya Arabistoni va Abu-Dabi valiahd şahzodalari Muhammad bin Salmon va Muhammad bin Zoid Ol Nahayon hamda Yaman prezidenti Abd Rabbo Mansur Hodiy iştirokida imzolandi.
Saudiya Arabistoni valiahd şahzodasi bu hodisani Yamanda 4 yildan beri davom etayotgan ixtilofning tinçlik bilan hal qilinişi yölidagi muhim qadam deb atagan.
Kelişuv tafsilotlari ma'lum qilinmagan, biroq ba'zi manbalarga köra, u Yaman hukumatida özgarişlarga çaqiradi.
Saudiya Arabistoni Yamandagi ixtilofda Yaman hukumati tomonini, BAA esa Janubiy Yaman ötiş kengaşini qöllab-quvvatlab keladi.
Yaman şimolini nazorat qiluvçi isyonçi husiylar uşbu kelişuvni tanqid qilişdi.
“Ar-Riyodda imzolangan kelişuv yamanliklar uçun heç qanday ahamiyatga ega emas, çunki uni tajovuzkor bilan hamkorlik qiluvçi tomonlar imzolagan. Bu kelişuvni irodasiz va buni Yamandagi uruşning tugaşi deb hisoblovçi kişilar imzolaşga majbur qilingan”, deb aytgan husiylar oliy siyosiy kengaşi a'zosi Muhammad Ali al-Husiy.

















