Agentlikning Rossiyadagi vakolatxonasi rahbari Saidnö'mon Mansurovning Facebook sahifasida yozişiça, Klavdiya Redkina mehnat faxriysi va mehnat fronti qatnaşçisi hisoblanadi. 

«Vakolatxonamizga Özbekiston fuqarosi, 1930 yilda tuğilgan Redkina Klavdiya Zaxarovna murojaat qildi. U boşidan ötkazgan voqeani jamoatçilikka yetkazişni lozim kördim», - deb yozadi u.

Onaxon öz qarindoşlarining aldovi ortidan Moskvaga kelib qolgan. Klavdiya Zaxarovnaning sözlariga köra, qizi va nabirasi aldov yöli bilan uning Toşkentdagi xonadoniga mulkdorlik huquqini beruvçi işonçnomaga imzo qöydirişib, evaziga Turkiyaga köçib ketib nabirasi bilan birga yaşaşni va'da qilişadi.

Qizi Klavdiya Zaxarovnani Turkiyaga jönatib yuboradi. Nabirasi u bilan bir oz muddat birga yaşagaç, onaxonni qizi kutib olişini aytib Moskvaga jönatadi. Ammo aeroportda keksa ayolni heç kim kutib olmaydi. Bu yerda unga yordam beradigan tanişlari va qarindoşlari yöq edi. Onaxon ikki kun aeroportda qolib ketadi, söngra uni Rossiya Federatsiyasining tegişli organlari vakillari olib ketişadi.

Bir neça haftalik azoblardan söng Klavdiya Zaxarovna Toşkentga qaytdi. Rossiyada yaşayotgan vatandoşlar himmati bilan onaxonga Moskva – Toşkent yönalişida aviaçipta olib berildi. Bundan taşqari, uning Toşkentdagi yuridik himoyasi masalasi hal etildi.

«Onaxonning muammosi hal etilişida iştirok etgan barçaga alohida minnatdorligimni bildiraman. Bunday holatlar qonunçiligimizning zaif tomonlarini körsatadi va uni takomillaştirişga undaydi. Rahmat döstlar, kelinglar barça narsaning ijobiy tarafini izlaylik, qiyinçiliklar bizni ajratişi emas, yaqinlaştirişi lozim», - deya xulosa qiladi Saidnö'mon Mansurov.