Qoraqalpoğiston Respublikasida “Sudoçe-Akpetki” klaster buyurtma qöriqxonasi taşkil qilinadi. Vazirlar Mahkamasining bu haqdagi qarori loyihasi muhokama uçun joylaştirildi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi va Özbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasining Qoraqalpoğiston Respublikasining Möynoq, Taxtaköpir va Qönğirot tumanlarida tabiatni muhofaza qiliş muassasasi şaklida, yuridik şaxs taşkil qilgan holda, umumdavlat ahamiyatiga molik, umumiy maydoni 1 061 499 gektar bölgan klaster uçastkalardan iborat “Sudoçe-Akpetki” davlat buyurtma qöriqxonasi taşkil qiliş töğrisidagi taklifi qabul qilinişi mumkin.
Quyidagilar:
buyurtma qöriqxonasiga doimiy foydalanişga beriladigan klaster uçastkalarining yer maydoni;
buyurtma qöriqxonasi xodimlarining çeklangan umumiy soni 38 nafar, şu jumladan boşqaruv xodimlari 7 nafardan iborat bölgan ijro etuvçi apparati tuzilmasi tasdiqlanadi.
Buyurtma qöriqxonasi klaster uçastkalaring qöriqlanma zonalari maydoni 152 285 gektar etib belgilab qöyiladi. Mazkur zonalardagi yerlar yer egalari, yerdan foydalanuvçilar va ijaraçilar ixtiyorida qoladi.
Klaster uçastkalarda muhofazaga olinadigan asosiy obektlar etib quyidagilar belgilanadi:
“Sudoçe köllar tizimi” klaster uçastkasida: qirğoq landşaftlari, kanallar, kollektorlar va ulardagi suv oqimi, suv, suv atrofida yaşovçi quşlar, noyob, yöqolib ketiş xavfi ostida bölgan baliqlar, yirtqiç quşlar va sut emizuvçi hayvonlar;
“Oqdaryo-Qozoqdaryo oraliği” klaster uçastkasida: Amudaryo deltasi töqaylari, landşaftlari, kanallar va ulardagi suv oqimi, suv, suv atrofida yaşovçi quşlar, noyob, yöqolib ketiş xavfi ostida bölgan yirtqiç quşlar va sut emizuvçi hayvonlar;
“Beltau” klaster uçastkasida: Orolböyi va Qizilqum çölining eng katta, sirtida tizma-qumlar va taqirlar bölgan qoldiq tepaligining hamda şarqiy Karateren kölining betakror landşaftlari, noyob va yöqolib ketiş xavfi ostida turgan sudralib yuruvçi hayvonlar, yirtqiç quşlar va sut emizuvçi hayvonlar;
“Akpetki” klaster uçastkasida: kanallar, kollektorlar va ulardagi suv oqimi, suvda va suv atrofida yaşovçi quşlar, noyob va yöqolib ketiş xavfi ostida bölgan yirtqiç quşlar, sut emizuvçi hayvonlar.

















