Özbekiston Respublikasi Energetika vazirligi matbuot xizmati «Tolimarjon issiqlik elektr stansiyasi»da ta'mirlaş işlari olib borilayotgani haqida ma'lumot berdi.
«Bugun, 8 noyabr kuni keç soat 24:00ga qadar respublikamizning ayrim hududlarida elektr energiyasida vaqtinça uzilişlar böladi.
«Tolimarjon issiqlik elektr stansiyasi»ning 450 MVt quvvatga ega elektr energiyasini işlab çiqarişga möljallangan energoblokida gaz filtrlarini tozalaş uçun ta'mirlaş işlari olib borilmoqda.
Şu munosabat bilan respublikamizning ayrim hududlarida bugun, 8 noyabr kuni soat 24:00ga qadar elektr energiyasida vaqtinça uzilişlar böladi.
Keltirilgan noqulayliklar uçun iste'molçilardan uzr söraymiz», deyiladi xabarda.
Bundan avvalroq Kun.uz saytida sönggi kunlarda Özbekistonning köp hududlarida, ayniqsa vodiy viloyatlarida elektr energiyasi ta'minotida uzilişlar kuzatilayotgani haqida xabar qilingandi.
Ma'lumot uçun, Özbekistonda ayni paytda elektr energiyasi işlab çiqaruvçi 8ta IES bor – «Tolimarjon», «Angren», «Yangi Angren», «Navoiy», «Töraqörğon», «Taxiatoş», «Sirdaryo» va «Toşkent» issiqlik energiya stansiyalari. Şuningdek, 3ta issiqlik elektr markazlari faoliyat körsatmoqda.
















