Hafta o‘rtasidagi Yevrokuboklardagi o‘yinlardan keyin dam olish kunlarida ham muxlislarni bir qator markaziy o‘yinlar, azaliy raqiblar o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar kutib turibdi. “Uik-end”da quyidagi uchrashuvlarni tomosha qilishni tavsiya qilamiz.

 «LeSTeR» – «ARSeNAL»
Angliya Premer-ligasi. 12-tur
9 noyabr (shanba)
O‘yin boshlanish vaqti: 22:30
TV-translatsiya: «Futbol TV»/«UzReport TV»

Brendan Rojyers qo‘l ostida Klaudio Raneri davrini eslayotgan “Lester” ushbu turda Londonning “Arsenal” klubiga qarshi maydonga tushadi. “Tulkilar”ning so‘nggi 8 ta o‘yindan faqatgina “Enfild”da “Liverpul”ga so‘nggi soniyalardagi penalti evaziga mag‘lub bo‘lganligini aytmasa, qolgan 7 ta uchrashuvda g‘alabaga erishishdi. Buning evaziga Rojyers jamoasi Premer-ligada 3-o‘ringa chiqib olgan bo‘lsa, klub yetakchisi Jyeymi Vardi eng yaxshi to‘purar bo‘lib turibdi. Qizig‘i, yil boshida “Lester” yetakchi himoyachisi Xarri Maguyrni rekord summada “MYu”ga transfer qilgan bo‘lsa-da, hozirga kelib aynan “Tulkilar” himoya qo‘rg‘oni Premer-ligada eng yaxshici bo‘lib turibdi – 11 o‘yinda 8 ta gol o‘tkazishgan.

“Lester”dan ikki pog‘onada pastda borayotgan “Arsenal” esa so‘nggi uchta o‘yinda yuta olmadi – safarda “Sheffild”ga mag‘lubiyat, Londonda esa “Kristal Pelas” va “Vulverxempton” bilan durang. Emeri jamoasi o‘tgan 11 tur davomida faqat 1-turda safardan g‘alaba bilan qayta olishgan, xolos (“Nyukasl”, 0:1). Oradan 10 tur o‘tib, “To‘pchilar” bu muvaffaqiyatni takrorlashga urinishadi.

 Fakt: «Lester» joriy mavsumda hali uyida mag‘lubiyatga uchragani yo‘q.

 Lesterdagi o‘zaro so‘nggi 3 ta o‘yin:
2018/19. Lester – Arsenal 3:0
2017/18. Lester – Arsenal 3:1
2016/17. Lester – Arsenal 0:0

«BAVARIYa» – «BORUSSIYa» D
Germaniya Bundesligasi. 11-tur
9 noyabr (shanba)