Xalqaro jinoyat sudi (XJS) kongolik isyonçilarning sobiq yetakçisi Bosko Ntagandani harbiy va insoniyatga qarşi jinoyatlari uçun 30 yilga ozodlikdan mahrum qiliş töğrisida hukm çiqardi. Bu haqda BBC News xabar berdi.

«Terminator» laqabi bilan tanilgan 46 yoşli Ntaganda qotillik, zörlaş, odamlarni şahvoniy qullikka majburlaş, bolalardan askar sifatida foydalaniş kabi ayblovning 18ta punkti böyiça aybdor deb topildi.  

Ntaganda 1973 yilda Ruandada tuğilgan. U ösmirlik vaqtida özi mansub bölgan tutsi qabilasi qatliomga uçraganidan söng Ruandadan Kongo Demokratik Respublikasiga qoçib ketgan. 17 yoşida "harbiy faoliyat"ini boşlagan Ntaganda isyonçi ham, Ruanda va Kongo askari bölişga ham ulgurgan.

The Global Post naşrining ma'lumotiga köra, u «Terminator» laqabini uruşlarni, xususan, oldingi safda jang qilişni yoqtirgani uçun olgan.