Vazirlar Mahkamasining «Tashkent education» nodavlat ta'lim tashkiloti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi hamda «Velocius Ltd» kompaniyasining (Buyuk Britaniya) maktabgacha, umumiy o‘rta va oliy ta'lim sohasida ta'lim xizmatlari ko‘rsatish uchun Toshkent shahrida «Tashkent education» nodavlat ta'lim tashkilotini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi.

Ta'lim tashkilotiga belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun «Tashkent kindergarten» nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti, «School of Tashkent» Xalqaro umumta'lim maktabi hamda «Tashkent International University» xalqaro universitetini ta'sis etishga ruxsat berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi bir oy muddatda quyidagi obektlar tegishli hududi bilan birga uzoq muddatli maqsadli tekin foydalanish huquqi bilan:

Maktabgacha ta'lim muassasasini joylashtirish uchun — Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Abdulla Qahhor ko‘chasi, 26-uy manzilida joylashgan bino va inshootlar;

Maktabni joylashtirish uchun — Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Vosit Vohidov ko‘chasi, 116-uy manzilida joylashgan Toshkent «Mehr-Shafqat» kasb-hunar kollejining bino va inshootlari;

Universitetni joylashtirish uchun — Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Kichik halqa yo‘li ko‘chasi, 7-uy manzilida joylashgan Toshkent moliya institutining bino va inshootlari Ta'lim tashkilotiga berilishini ta'minlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Maktabgacha ta'lim vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi bilan kelishilgan holda ikki oy muddatda Ta'lim tashkiloti bilan belgilangan tartibda tegishli bitim tuzadi.

Belgilab qo‘yilishicha:

Toshkent «Mehr-Shafqat» kasb-hunar kolleji o‘quvchilari 2019/2020 o‘quv yili yakuniga qadar Ta'lim tashkilotiga berilayotgan binolarda o‘qishini davom ettiradilar;

Toshkent arxitektura va qurilish instituti talabalari Toshkent arxitektura va qurilish instituti yangi binosi qurilishi tugallangunga qadar, mazkur bandda ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha joylashgan Toshkent moliya instituti binosida o‘qishini davom ettiradilar.

Belgilab qo‘yilishicha: