Jamiyat | 09:23 / 09.11.2019
11861
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda ayrim ko‘chalarning bir qismi transport vositalari uchun vaqtincha yopiladi

Poytaxtda 9 noyabr kuni soat 14:30 dan 16:00 gacha velomarafon o‘tkazilishi munosabati bilan ayrim ko‘chalarning bir qismi transport vositalari uchun vaqtincha yopiladi.

Toshkent shahar hokimligi xabariga ko‘ra, quyidagi ko‘chalarning bir qismi yopiladi:

Afrosiyob ko‘chasining Beshyog‘och ko‘chasidan Oybek ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;

Shahrisabz ko‘chasining Oybek ko‘chasidan Amir Temur xiyobonigacha bo‘lgan qismi;

Islom Karimov ko‘chasining Amir Temur xiyobonidan Furqat ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;

Furqat ko‘chasining Islom Karimov ko‘chasidan Beshyog‘och ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;

Beshyog‘och ko‘chasining Furqat ko‘chasidan Afrosiyob ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.

Bundan oldin, Toshkentda havaskor velosipedchilar o‘rtasida «Velomarafon» bo‘lib o‘tishi xabar qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid