Xavfsizlik kuçlari Bağdod markazidagi Tahrir maydonini namoyişçilardan tozalaşga uringan vaqtda namoyişçilar va politsiya xodimlari örtasida töqnaşuvlar sodir böldi. Bu haqda Sky News Arabia telekanali xabar qildi.

Xabarda aytilişiça, kuç tuzilmalari xodimlari közdan yoş oqizuvçi gazlardan foydalanmoqda. Guvohlarning sözlariga köra, politsiya namoyişçilarga qarşi jangovar patronlar qöllamoqda.

Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga köra, tartibsizliklar davomida beş nafargaça kişi halok bölgan. 

Telekanalning ma'lumot berişiça, mamlakatda internet tarmoği öçirib qöyilgan.  

Iroqda oktabr boşidan buyon turmuş tarzining yomonlaşişi, işsizlikning ösişi va korrupsiyaga qarşi namoyişlar bölmoqda. Namoyişçilar hukumat iste'fosini va muddatidan oldin parlament saylovlari ötkazilişini talab qilmoqda.