Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliyaning 8 yilga ozodlikdan mahrum etilgan sobiq prezidenti ozodlikka chiqdi
Foto: REUTERS
Braziliyaning sobiq prezidenti, korrupsiya uchun 8 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan Luis Inasiu Lula da Silva ozodlikka chiqdi.
74 yoshli Lula da Silva Kuritiba shahridagi turmada panjara ortida 19 oy o‘tkazib, ozod etilish haqidagi iltimosnomadan keyin ozod etilgan.
“Ular bir odamni hibsga olishmadi, ular g‘oyani o‘ldirmoqchi bo‘lishdi, biroq g‘oyani o‘ldirib bo‘lmaydi”, deb aytgan da Silva uni turma oldida kutib turgan tarafdorlariga.
Sobiq prezident, shuningdek, Braziliya sud tizimini tanqid qilgan.
Lula da Silva ozod etilganiga qaramay, unga har qanday davlat lavozimini egallash taqiqlanadi.
Luis Inasiu Lula da Silva Braziliya prezidenti lavozimini 2003 yildan 2011 yilgacha egallagan. 2017 yilda u korrupsiya va pul yuvganlik uchun 9,5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Keyinroq ushbu jazo muddati 12 yil 1 oyga uzaytirilgan, ammo 2019 yil aprelda federal sud qarori bilan 8 yil 10 oyga kamaytirilgan. Sobiq siyosatchi o‘ziga qo‘yilayotgan ayblovlarni rad etib keladi.
Mavzuga oid
08:24 / 15.12.2025
O‘zbekiston va Braziliya qo‘shma loyihalarni ishga tushirishni muhokama qildi
15:54 / 10.12.2025
Toshkentda Braziliyaning yangi elchisi faoliyatini boshladi
19:41 / 22.11.2025
Braziliyaning sobiq prezidenti Jair Bolsonaru hibsga olindi
19:19 / 13.11.2025