Turkiyada bölib ötadigan Iqtisodiy Hamkorlik Taşkiloti Taşqi işlar vazirlari kengaşining 24-majlisida iştirok etiş doirasida Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vazirining birinçi örinbosari Ilhom Ne'matov boşçiligidagi delegatsiya Antaliya sanoat zonasiga taşrif buyurdi.

Delegatsiya a'zolari yangi avlod issiqxona majmualarini işlab çiqarişga ixtisoslaşgan Turkiyaning “Demeter Sera” kompaniyasi faoliyati bilan tanişdi. Kompaniya rahbari Bariş Gukçe Özbekiston rahbariyatining xorijiy investorlar uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş borasidagi sa'y-harakatlarini yuqori baholar ekan, respublikaning qişloq xöjaligi va töqimaçilik sanoatida kompaniya faoliyatini kengaytirişdan manfaatdor ekanligini tasdiqladi.

Bundan taşqari, Turkiyada LED yoritgiçlarini işlab çiqarişda yetakçilardan biri bölgan “Fiberli” korxonasi rahbariyati bilan muzokaralar olib borildi. Turkiya tomoni vakillariga Özbekistondagi investitsion muhit haqida ma'lumot berildi. Uçraşuv yakuniga köra özaro manfaatli hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qiliş uçun “Fiberli” kompaniyasi menejyerlarining Özbekistonga taşrifini taşkil etiş töğrisida kelişuvga erişildi.

Özbekiston delegatsiyasi, şuningdek, biologik öğitlar va ösimliklarni zararkunandalardan himoya qiliş vositalarini işlab çiqaruvçi “Agricim” korxonasiga taşrif buyurdi. Turkiya tomoni Özbekistonning qişloq xöjaligi salohiyati haqida xabardor qilindi va respublikaning qişloq xöjaligi uçun qöşma organik mahsulot işlab çiqarişni taşkil etiş borasida hamkorlikning ehtimoliy yönalişlarini örganişga qiziqiş bildirdi.