2019 yil 9 noyabr kuni soat 07:30larda Qaşqadaryo viloyati Qarşi tumani, Boğdod mahallasida yaşovçi ayol B.I., uning 2 nafar farzandi hamda yaşaş xonadoniga mehmonga kelgan 5 nafar qarindoşi yaşaş uyi oşxonasidagi gaz plitasini yoqib, uxlab qolişi natijasida is gazidan zaharlanib, şifoxonaga yotqizilganlar.   

Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi jamoatçilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bölimi boşliği Xayot Şamsutdinovning xabar berişiça, şuningdek, 2019 yil 10 noyabr kuni soat 13:00larda Nukus şahrida yaşovçi fuqaro Ye.A. va uning turmuş örtoği qölbola usulda yasalgan isitiş qozini öçoğiga ulangan tabiiy gaz ugaridan (is gazi) zaharlanib, vafot etganlar. 

Ikkala holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari ötkazilmoqda. 

“Hurmatli fuqarolar! Bunday köngilsiz hodisalarni oldini oliş maqsadida gaz uskunalaridan va isitiş moslamalaridan foydalanişda yonğin va xavfsizlik talablariga qat'iy rioya qilişingizni söraymiz”, - deyiladi ma'lumotda.