Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari uchrashuvi bo‘lib o‘tadi
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining birinchi maslahatlashuv uchrashuvi 2018 yil martda Qozog‘iston poytaxtida o‘tkazilgandi.
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi maslahatlashuv uchrashuvi 27 noyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Bu haqda Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev ma'lum qildi.
"Avvalroq qo‘shnilarimizni maslahatlashuv uchrashuvi o‘tkazishga chaqirgandim. Ostonada ana shunday uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvlar turli poytaxtlarda bo‘lib o‘tishini istardim. Bu yilgi Toshkentdagi uchrashuv belgilanganidek 27 noyabr kuni bo‘lib o‘tishiga umid qilaman", - dedi Nazarboyev.
Nazarboyevning qayd etishicha, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida hal qilinmagan masalalar bor.
"To‘qnashuvlar yuz bermoqda, odamlar halok bo‘lmoqda", - ta'kidladi u.
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining birinchi maslahatlashuv uchrashuvi 2018 yil martda Qozog‘iston poytaxtida o‘tkazilgandi.
Mavzuga oid
22:10 / 11.07.2026
Toshkent Osiyodagi yashash uchun eng qimmat shaharlar reytingida 74-o‘rinda qayd etildi
08:40 / 09.07.2026
JSST Markaziy Osiyoni jazirama xavfidan ogohlantirdi
18:06 / 08.07.2026
Yevropa va Markaziy Osiyoda jazirama issiqning yangi to‘lqinlari kutilmoqda - JSST
17:42 / 06.07.2026