Boliviya sobiq prezidentining ketişi xalqning ovozi eşitilişi uçun şaroit yaratadi, dedi AQŞ prezidenti.

Boliviya prezidenti Evo Moralesning iste'fosi Ğarbiy yarimşardagi demokratiya uçun muhim on hisoblanadi. Bu haqda AQŞ prezidentining bayonotida aytiladi.

"Boliviya prezidenti Evo Moralesning keçagi iste'fosi Ğarbiy yarimşardagi demokratiya uçun muhim on hisoblanadi. Hokimiyat tepasida qariyb 14 yillik hukmronlikdan hamda Boliviya konstitutsiyasi va xalq irodasini özgartirişga urinişidan söng Moralesning ketişi demokratiyani saqlab qoladi va Boliviya xalqining ovozi eşitilişi uçun şaroit yaratadi", - deyiladi Oq uy rahbarining bayonotida.