O‘zbekiston | 18:47 / 13.11.2019
4169
2 daqiqa o‘qiladi

Biznes-ombudsmanning vakolatlari kengaytirildi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti «Ba'zi davlat organlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi. Unga ko‘ra biznes-ombudsmanga bir qancha qo‘shimcha vakolatlar berildi.

Kiritilgan o‘zgartirishga asosan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 1973-modda quyidagi tahrirda bayon etilishi belgilandi.

Bunda, mansabdor shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil hamda uning devoni xodimlari oldidagi o‘z majburiyatlarini bajarmaslik, ularning ishiga to‘sqinlik qilish, ularga bila turib yolg‘on axborot berish, xuddi shuningdek mansabdor shaxslar tomonidan murojaatlarni, xulosalarni, taqdimnomalarni, iltimosnomalarni ko‘rib chiqmasdan qoldirish yoki ularni ko‘rib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish yoxud ular yuzasidan bila turib qasddan ishonchsiz ma'lumotlarni taqdim etilgan holatlari bo‘yicha ma'muriy javobgarlik choralari belgilandi.

Shuningdek, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 2458-moddasi bilan kodeksning 1973, 2411–24111-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil hamda uning devoni xodimlari ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzish vakolati berildi. Ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma ko‘rib chiqish uchun ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga yuborilishi belgilandi.

Bundan tashqari, Fuqarolik protsessual, Iqtisodiy protsessual va Ma'muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodekslariga bir qator moddalariga ham o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Endilikda, tadbirkorlik sub'yektlariga nisbatan qabul qilingan qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish, tadbirkorlik sub'yektlari o‘rtasida yuzaga keladigan iqtisodiy nizolar, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan nizolar bundan mustasno vakolatiga ega. 

Mavzuga oid