Bugun, 13 oktabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Özbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tomonidan «Özbekiston Respublikasida elektr energetika tarmoğini yanada rivojlantiriş va isloh qiliş strategiyasi töğrisida»gi qaror ijrosiga bağişlangan matbuot anjumani ötkazildi.

Tadbirda iştirok etgan «Hududgazta'minot» AJ raisi Bahodir Eşmuratov aholining gaz ta'minotiga oid ayrim raqamlarni aytib ötdi.

«Mamlakatimiz ehtiyoji uçun umumiy hisobda 40 mlrd. kubometr gaz yetkazib beriladi. Yaxşi bilamizki, eng katta iste'molçilar issiqlik elektrostansiyalari, ya'ni gaz orqali elektr energiyasi olinadi. Şu 40 mlrd kubometrning 10 mlrd kubometri aholi ehtiyojiga möljallangan. Ana şundan 6 mlrd kubometri isitiş tizimlari uçun işlatiladi.

Ya'ni qiş mavsumida gazga bölgan talab yozga nisbatan 8 martagaça oşadi. Örtaça 1 trln sömgaça mablağ isitiş tizimlari uçun sarflanyapti», deya uning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.