Hongkongda namoyishchilar politsiyaga kamonlardan o‘q uzdi
Hongkong politsiyasi namoyishchilar politsiya xodimlariga kamonlardan o‘q uzishgani va gul ekilgan tuvaklarni uloqtirishgani haqida ma'lum qildi, deb xabar berdi Bloomberg. Politsiyachilar bunga javoban ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘llashgan.
Hongkongda to‘rt kundan buyon namoyishlar va politsiya bilan to‘qnashuvlar davom etmoqda. Namoyishchilar shahar transporti harakatini to‘xtatib qo‘yishga urinishmoqda. OAVning xabar berishicha, keyingi kunlarda namoyishchilar orasida kamonlar, nayza va arbaletlar bilan qurollanganlar paydo bo‘lgani haqida xabar bermoqda.
Shaharda bog‘chalar va maktablar hafta oxiriga qadar yopildi. Universitetlarda ham dam olish kunlariga qadar o‘qishlar bekor qilindi.
No need to read dystopian novels anymore. Chinese University studens fight the invading riot police with high jump cross bars, bows and arrows. #2A #Hongkong pic.twitter.com/felJHlRRUK
— Badcanto (@Badcanto) November 12, 2019
Hongkongdagi Xitoy universiteti kampusi namoyishchilarning asosiy lagerlaridan biriga aylangan. Bu yerda talabalar va politsiyachilar o‘rtasida to‘qnashuvlar sodir bo‘lishi natijasida yaqin-atrofdagi temir yo‘l stansiyasiga zarar yetdi. Talabalar universitet oshxonalaridan birini egallab olishdi va namoyishchilarga taom tayyorlab berishmoqda, deb yozadi South China Morning Post.
Politsiya vakilining so‘zlariga ko‘ra, namoyishchilarning o‘zlarini tutishlari terrorizmga yaqin kelmoqda. Uning aytishicha, Xitoy universiteti hududida yonuvchi aralashmali idishlar, kamonlar, nayza va katapultalar tayyorlanmoqda.
On fire: Here’s how clashes between protesters and police escalated on Tuesday night at the Chinese University of Hong Kong.
— Bloomberg TicToc (@tictoc) November 13, 2019
More @business: https://t.co/aUC1AzPF0Q #HongKongProtess #香港 #CUHK pic.twitter.com/FzTg3Ev3gr
Mavzuga oid
10:30 / 01.11.2024
Gurjiston muxolifati yangi norozilik namoyishi haqida ma’lum qildi
00:28 / 06.09.2024
Hongkongda «Yagi» supertayfuni tufayli 100 dan ortiq reys bekor qilindi
17:22 / 09.08.2024
Britaniya: Tartibsizlikka aylangan namoyishlar sababi nima?
14:03 / 08.08.2024