Axborotlaştiriş va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat böyiça davlat inspeksiyasining boşliği tayinlandi.
Hukumatning 2019 yil 13 noyabrdagi qarori bilan Asadjon Ozodbekoviç Xöjayev Özbekiston Respublikasi Axborotlaştiriş va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat böyiça davlat inspeksiyasining boşliği etib tayinlandi.
Asadjon Xöjayev 2011-2012 yillarda Intellektual mulk agentligi, 2012-2017 yillarda - Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston Milliy kutubxonasiga rahbarlik qilgan.
U 2017 yil martidan avgustgaça prezident Şavkat Mirziyoyevning matbuot xizmati rahbari bölib işladi. Keyinçalik Özbekiston birinçi prezidenti Islom Karimov nomidagi Ilmiy-ma'rifiy yodgorlik majmuasi rahbarining birinçi örinbosari etib tayinlandi.
A. Xöjayev 2018 yil avgust oyidan beri Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta'minlaşga kömaklaşiş markazi direktori sifatida işlab kelayotgandi.
Eslatib ötamiz, Axborotlaştiriş va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat böyiça davlat inspeksiyasi aloqa, axborotlaştiriş va telekommunikatsiya texnologiyalari, davriy bosma naşrlarni tarqatiş sohasida qonun hujjatlari, normativ hujjatlar va davlat standartlari talablariga rioya qilinişi ustidan davlat nazoratini amalga oşiradi.

















