Kun.uz manbasi xabar berişiça, bugun Özbekiston Respublikasi prezidenti administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida prezident administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov boşçiligida kengaytirilgan yiğiliş bölib ötdi.

Majlisda axborot sohasida davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilayotgan oçiqlik siyosatini amalga oşiriş, axborot xavfsizligini ta'minlaşga oid tizimli işlarni taşkil qiliş, davlat organlari faoliyatining oçiqligini ta'minlaşda axborot xizmatlarining nufuzini oşiriş va boşqa dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Yiğilişda Asadjon Xöjayevni prezident administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga direktor etib tayinlaş töğrisidagi prezident qarori öqib eşittirildi.

Asadjon Xöjayev 2003–2004 yillarda Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengaşi apparatining yetakçi konsultanti, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va axborot xavfsizligini rivojlantiriş loyihasi rahbari örinbosari lavozimlarida işlagan.

Asadjon Xöjayev 2004–2011 yillarda Özbekiston aloqa va axborotlaştiriş agentligi Boş direktorining örinbosari, 2011-2012 yillarda Özbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi Boş direktori, 2012-2017 yillarda Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston Milliy kutubxonasi direktori, Özbekiston Respublikasi boş vaziri apparati mudiri bölgan.

U U 2017 yilning martidan avgustigaça Özbekiston Respublikasi prezidenti Davlat maslahatçisi örinbosari – Özbekiston Respublikasi prezidenti matbuot xizmati rahbari bölgan. Keyinroq Özbekiston birinçi prezidenti Islom Karimov nomidagi Ilmiy-ma'rifiy yodgorlik majmuasi rahbarining birinçi örinbosari, 2018 yil avgust oyidan Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta'minlaşga kömaklaşiş markazi direktori lavozimlarida faoliyat körsatgan. U 2019 yilning noyabrida Axborotlaştiriş va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat böyiça davlat inspeksiyasining boşliği lavozimiga tayinlangandi.

Eslatib ötamiz, 2020 yilning yanvarida AOKA direktori v.b. Komil Allamjonov lavozimini tark etgaç, ötgan vaqt davomida direktorning birinçi örinbosari Dilşod Saidjonov agentlik direktori vazifasini ham bajarib