2019 yil boşidan buyon Özbekistondan olib kelingan mahsulotlar YeOII fitosanitariya talablariga javob bermasligi böyiça 365ta holat qayd etildi. Bu haqda Qirğiziston Qişloq, oziq-ovqat sanoati va melioratsiya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi, deb yozmoqda Elgezit.
Qayd etilişiça, 10ta holatda mahsulot kasallikka çalingani aniqlangan.
«Aniqlanişiça, Özbekistondan olib kelingan anor zararlangan bölgan. Mahsulotlar Özbekistonning fitosanitariya nazorati böyiça organi guvohnomasi bilan birga kelgan. Öşdagi laboratoriyada tekşiruvdan ötkazilganda, Grapholitha molesta Busck virusi aniqlandi. Uşbu holatdan keyin 35 tonna boşqa mevalar nazorat-ötkaziş punktlari orqali kiritilmadi», - deya ta'kidlab ötişgan Qişloq xöjaligi vazirligida.
Ta'kidlanişiça, YeOII qoidalariga muvofiq, bunday hollarda mahsulotlarni olib kirişga taqiq joriy qilinişi mumkin. Qişloq xöjaligi vazirligi Özbekistonning tegişli idoralariga vaqtinça taqiq joriy etilişi töğrisida ogohlantiruvçi xat yuborgani aytiladi.

















